yangiliklar

Boshlang’ich sinf matematika fanidan nazorat ishlarini tashkil etishda AKTdan foydalanish.

 

Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining asosiy talablaridan biri ilg’or, pedagogik va  axborot texnologiyalarni ta’lim jarayoniga keng  tadbiq etib, o’quvchilarni mustaqil bilim olishga, erkin fikrlashga o’rgatishdan  iboratdir.

SHuni unutmaslik kerakki, bilim, ko’nikma va malakaga erishish yo’lidagi  har  qanday  harakat boshlang’ich sinflardan  boshlanmas  ekan, yuqori sinflarda  bu vazifani mukammal amalga oshirish oson  kechmaydi.

Boshlang`ich matematika kursining vazifasi-maktab oldiga qo`yilgan “o`quvchilarga fan asoslaridan puxta bilim berish, ularda yuqori darajadagi onglilikni shakllantirish, turmushga, kasblarni ongli tanlashga o`rgatish” kabi vazifalarni hal qilishda yordam berishdan iborat. Boshqa har qanday o`quv predmeti kabi, matematika boshlang`ich kursi ham ta`limiy, tarbiyaviy va amaliy vazifalarni hal qilishi kerak. Matematika o`qitishning asosiy vazifalaridan biri o`quvchilarda hisoblash, o`lchash va grafik ko`nikmalarni aniq sistemasini hosil qilishdan iborat, boshqacha aytganda bu sistema eng sodda amallarni bajarishdan iborat bo`lib, ko`p marta takrorlash hisobiga avtomatizmgacha yetkaziladi. Bu vazifani yetarlicha baholamaslik amalda bolalar bilimlari sifatining pasayishiga olib keladi. Shunga qaramay, hozirgi vaqtda boshlang`ich matematika kursini o`rganishni faqatgina ko`nikmalar hosil qilish va bir xildagi faktlarni o`zlashtirish bilan almashtirish ham muhim emas.

Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish  o‘quvchilarning mustahkam bilim asosini yaratish bilan birga, ularning kelgusida 5-9 sinflarda matematikani ‘rganishlari uchun tayyor bo‘lishlariga imkon yaratishi o’z ustida ishlash ko’nikmalarini hosil qilishdan iborat.O’qituvchi nazorat ishi orqali  o’quvchilarning  bilimidagi bo’shliqlarni  aniqlaydi,o’zlashtira olmayotgan o’quvchilar bilan ishlash rejasini tuzadi.

Boshlang‘ich sinflarda nazorat ishlarini tashkillashning asosiy bosqichlarini o’tkazishdan maqsad shundan iboratki, matematika darslarida  ta’lim olayotgan o‘quvchilarning tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini Shakllantirish,mustaqil ishlash ko’nikmalarini hosil qilish, yo‘llarini o‘rganadilar.

Zamonaviy ta’limni tashkil etishga qo’yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijaga erishishdir. Qisqa vaqt ichida muayyan nazariy bilimlarni o’quvchilarga yetkazib berish, ularda ma’lum faoliyat yuzasidan ko’nikma va malakalarni hosil qilish, o’quvchilar egallagan bilim, ko’nikma va malakalar darajasini baholash o’qituvchidan yuksak pedagogik mahorat talab etadi. Bu muhim vazifani amalga uchun har bir o’qituvchida axborot kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanish malakasi bo’lishi zarur.

O‘quvchilar bilimini baholashda  olinadigan nazorat ishlarida o’qituvchi topshiriqni sinf doskasiga yozmay, har bir o’quvchi uchun alohida electron variantda tayyorlasa maqsadga muvofiq bo’ladi. Har bir sinfda 3-4 nafar iqtidorli o’quvchi bo’lishi tabiiy hol. O’qituvchi tomonidan tayyorlanayotgan nazorat ishlarida  bu o’quvchilarning bilim darajasini hisobga olish imkoniyati paydo bo’ladi. O’qituvchi ular uchun alohida qo’shimcha topshiriqlar tayyorlaydi. Bu esa iqtidorli o’quvchilarning vaqtlarini samarali tashkil etishga xizmat qiladi.

 

Harakatlar strategiyasi   yuklab olish